Evro—2024. Serbiya Sloveniyaga qarshi o‘yinda so‘nggi daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Evro—2024. Serbiya Sloveniyaga qarshi o‘yinda so‘nggi daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionati 2-turida Sloveniya va Serbiya o‘zaro bahs olib bordi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi.

Ikkinchi bo‘limda ham jamoalar ketma-ket xavfli vaziyatlarni yaratdi. 69-daqiqaga kelib, hisob ochildi. Sloveniya futbolchisi Karnichnik o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Hakam qo‘shib bergan daqiqalarda Yovich hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa o‘yin 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.

C guruhining ikkinchi o‘yinida Angliya Daniyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 21:00 da start oladi.

Evro—2024

2-tur

20 iyun, payshanba

Sloveniya – Serbiya 1:1

Gollar: 1:0 – 69 Karnichnik, 1:1 – 90+5 Yovich.

Sloveniya: Oblak, Stoyanovich (Verbich, 76), Karnichnik, Drkushich, Biyol, Yanja, Gnezda-Cherin, Elshnik, Shporar, Sheshko (Vipotnik, 76), Mlakar (Gorens-Stankovich, 64).

Serbiya: Raykovich, Velkovich, Milenkovich, Pavlovich, Mladenovich (Gachinovich, 46), Lukich (Milinkovich-Savich, 64), Ilich, Jivkovich (Birmanchevich, 82), Tadich (Samardjich, 82), Mitrovich, Vlahovich (Yovich, 64).

Ogohlantirishlar: Mladenovich (25), Lukich (54), Yanja (87).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!