Evro-2024. Avstriya Niderlandiyani mag‘lub etib guruhdan peshqadam sifatida chiqdi
Evro-2024 D guruhida 3-tur uchrashuvlari yakuniga yetdi.
Niderlandiya hamda Avstriya o‘rtasidagi bahsda navbatdagi avtogoldan keyin avstriyaliklar hisobni ochgan bo‘lsa, Gakpo 2-bo‘lim boshida hisobni tenglashtirdi. Ko‘p o‘tmay Shmid Rangnik shogirdlarini yana hisobda oldinga olib chiqqandi, 75-daqiqada esa Depay farqni yana tenglashtirdi – 2:2.
Oradan 5 daqiqa o‘tib Zabitser Avstriyaning g‘alaba goliga mualliflik qilib, jamoasini guruh g‘olibiga aylantirdi – 3:2.
Fransiya – Polsha bahsida esa Mbappe va Levandovskining penaltidan kiritgan gollari durangga sabab bo‘ldi – 1:1.
Shu tariqa, Avstriya 6 ochko bilan keyingi bosqichga guruh g‘olibi sifatida chiqdi, Fransiya (5 ochko) 2-o‘rin bilan, Niderlandiya (4 ochko) esa 3-o‘rinni egallab guruhdan chiqdi.
D guruhi. 3-tur
Niderlandiya – Avstriya 2:3