Estoniya osmonida havo chegarasini noqonuniy buzib o‘tgan Rossiya samolyoti aniqlandi

Estoniya osmonida havo chegarasini noqonuniy buzib o‘tgan Rossiya samolyoti aniqlandi

Rossiya va NATO o‘rtasidagi munosabatlarning o‘ta nozik pallasida yana bir havo hodisasi yuz berdi.

Ma’lum qilinishicha, seshanba kuni Britaniya va Germaniya harbiy-havo kuchlari qiruvchilari Estoniya chegarasi yaqinida havo chegarasini noqonuniy buzib o‘tgan Rossiya tanker samolyotini tutib oldi. Samolyot yer usti xizmatlari bilan aloqaga kirishmagan va u hududni tark etgunga qadar bir necha daqiqa davomida kuzatib borilgan.

Ma’lumot uchun, Britaniya va Germaniya uchuvchilari NATO tomonidan belgilangan vazifalar doirasida Boltiqbo‘yi havo hududini nazorat qilishda ishtirok etmoqda.

“Chegaramiz yaqinida havo harakatlanish tartibida biroz o‘zgarishlar yuz berdi. Birinchidan, chegaralarimiz yaqinida jangovar samolyotlarning faolligi pasaydi, chunki ularning aksariyati Ukrainadagi urushda faol ishtirok etayotgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Oxirgi vaqtlarda turli rus transport samolyotlarining Kaliningradga uchishlari bizning chegara atrofi orqali amalga oshirilmoqda”, dedi Estoniya harbiy-havo kuchlari shtab boshlig‘i polkovnik Yanek Lexiste.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!