Ertak yakuniga yetdi. Mbappe rasman "PSJ" bilan yangi shartnoma imzoladi

Ertak yakuniga yetdi. Mbappe rasman "PSJ" bilan yangi shartnoma imzoladi

"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe klub bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda parijliklarning ijtimoiy tarmoqlarida xabar berildi.

Oldinroq Mbappe "Real"ga o‘tishga yaqin ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Qolaversa, tomonlar shartnoma bo‘yicha kelishib olishgan. Ammo hozir OAV fransiyalik futbolchiga haddan tashqari katta taklif tushganidan keyin jamoada qolishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Mbappe o‘z qarorini ertaga, 22 may kuni rasman e’lon qilishi kutilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!