Eronning Isroilga hujumi «kutilganidan muvaffaqiyatliroq chiqqani» aytildi
Islom inqilobi muhofizlari korpusi Eronning Isroilga qarshi amaliyoti «kutilganidan muvaffaqiyatliroq chiqqani»ni aytdi.
«Bizning Isroil tomonidan har qanday tajovuzga reaksiyamiz yanada qattiq bo‘ladi», — deya korpus qo‘mondonlaridan biri Husayn Salomiyning so‘zlarini keltirgan Eronning Press TV davlat telekanali.
O‘z navbatida, Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant Eron bilan qarama-qarshilik «hali tugamagani»ni aytgan. The New York Times ma’lumotiga ko‘ra, Isroil Eronga javob zarbasini o‘z ittifoqchilari bilan kelishmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)