Eronda norozilik aksiyalarida 21 kishi halok bo‘ldi

Eronda norozilik aksiyalarida 21 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda hijobni noto‘g‘ri o‘ragani uchun axloq polisiyasi tomonidan ushlangan va polisiya bo‘linmasida vafot etgan qiz tufayli hukumatga qarshi norozilik namoyishlari davom etmoqda.

Namoyishlar mamlakatning qariyb barcha shaharlarini qamrab olgan. Polisiya namoyishchilarga kuch ishlatib, tarqatmoqda. Namoyishchilar kuchishlatar tizim xodimlariga hujum qilib, mashinalarni yoqishmoqda.

Mamlakatda Internet o‘chirilgan. Ilon Mask ham bu ishga qo‘shilib, mahalliy aholida internetga ulanish imkoniyati bo‘lishi uchun Eronda Starlink sun’iy yo‘ldoshli internetni ishga tushirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!