Erni 26-27 mart kunlari magnit bo‘ronlari qoplaydi

Erni 26-27 mart kunlari magnit bo‘ronlari qoplaydi

Erni 26 va 27 mart kunlari kuchli magnit bo‘ronlari qoplaydi. Bu haqda sun’iy yo‘ldosh tizimlari va dunyo bo‘ylab ilmiy xalqaro meteorologiya laboratoriyalari ma’lumotlaridan foydalangan holda onlayn prognozni amalga oshiruvchi Meteoagent xabar berdi.

26 mart kuni K-indeksida 7 darajada magnit bo‘roni bo‘lishi kutilmoqda, 27 mart kuni esa bu ko‘rsatkich 6 darajani tashkil qiladi. Bu kunlar hatto sog‘lom odamlar ham salomatligidagi o‘zgarishlardan shikoyat qiladi. Xususan, bosh og‘rig‘i, holsizlik, diqqatni jamlashda muammolar, asabiylashish kuzatilishi mumkin. Surunkali kasalliklarga chalingan odamlar va qariyalar o‘zini yomon his qiladi.

Avvalroq 6 mart kuni K-indeksida 6 darajada, 7 mart kuni esa 4 darajali magnit bo‘roni bo‘lishi ma’lum qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!