«Eri» tomonidan jinsiy qullikka sotib yuborilgan ayol hikoyasi

A A A
«Eri» tomonidan jinsiy qullikka sotib yuborilgan ayol hikoyasi

Zo‘ravonlikka qarshi NeMolchi.uz loyihasi asoschisi Irina Matviyenko eri tomonidan o‘zga mamlakatga jinsiy qullikka sotib yuborilgan ayol qismati haqida yozdi.

Jizzax viloyatidan bo‘lgan Aziza (ismi o‘zgartirilgan) murakkabliklarga to‘la o‘tmishining har bir lahzasini yaxshi xotirlaydi. Ayniqsa onasi haqida ko‘z yoshlarisiz so‘zlash imkonsiz: axir uning qarori qora kunlarning boshlanishiga sabab bo‘lmadimi

Birinchi qism. Xoinlik

2016 yil 1 yanvar kuni onasining huzuriga qizlar sovchilikka keldi. Otasi allaqachon vafot etgan, o‘zlari esa katta opasining uyida yashar, pochchasi poytaxtda ishlar edi. Opasi ichkilikka berilgan, tez-tez janjal ko‘tarar edi va onasi Azizaning alohida yashagani yaxshi, degan qarorga keldi. Shu boisdan o‘ylab ham ko‘rmasdan, qizining fikrini so‘rmasdan to‘yga rozilik berib yubordi.

5 yanvar kuni qiz turmush o‘rtog‘ini birinchi marta ko‘rdi. Shu kuni nikoh o‘qilib, yoshlar boshqa viloyatga- erning yashash joyiga ketishdi. Rasmiy nikoh haqida hech kim o‘ylab ham ko‘rmadi.

7 yanvar kuni er zudlik bilan Rossiyaga ishlashga ketdi. Oradan bir qancha vaqt o‘tib uyga bir ayol keldi va unga pasportini ko‘rsatdi. Pasportda Azizaning eri bilan rasmiy nikohdan o‘tgani to‘g‘risidagi FHDYo muhri bor edi. Uy ham uning nomiga rasmiylashtirilgan ekan.

Aziza shu ondayoq eri bilan bog‘landi va bor gap-so‘zdan xabardor bo‘ldi, er uni butun umr sevishini ham aytishni unutmadi. U sog‘inayotgani va tezroq birga bo‘lishni xohlayotganini aytadi. Shu sababdan ham Aziza uning yoniga Rossiyaga ketishga qaror qiladi. U yerda birgalikda ishlab, birga yashashga kelishib olishadi. Erkak barchasini o‘ylab qo‘ygan bo‘lib, Qozog‘istondan Rossiyaga qatnovchi avtobusga chipta ham oladi.

6 7 fevral kunlari Aziza chegaradan o‘tib, kerakli avtobusga o‘tiradi. Yo‘lda yaqin kishisining oldida ishlash va yashash, yorqin kelajak haqida xayollarga beriladi. Biroq bilmasdiki eri uni jinsiy qullikka sotib yuborgan, manzilda boshqa qismat kutmoqda.

Ikkinchi qism. Qullik

2016 yil 10 fevral kuni avtobus Permda, Tatariston chegarasiga yaqin joyda to‘xtaydi. Bir qism yo‘lovchilardan boshqa avtobusga o‘tishlari uchun chiqishlari so‘raladi. Ularni kimsasiz o‘rmondagi qo‘riqlanadigan yog‘och uyga olib borishadi. Yaqin-atrofda aholi manzillari yo‘q. Shu yerda bir kecha qolish kerakligi aytiladi. Ikkinchi kuni odamlardan uyumlari, pasportlar olib qo‘yilib, yo‘l kira uchun har kim 5000 dollar ishlab topishi kerakligi shart qilinadi. Qizlar o‘z tanalari, erkaklar ularni qo‘riqlash orqali.

Odamlarni xonalarga qamashadi. Bir xonada 14 qiz va xotin yashashni boshlaydi. Ularning barchasi O‘zbekiston va Qirg‘izistondan. Boshqa xonada erkaklar. Erkaklar soni qancha ekanini Aziza bilmaydi. Biroq ko‘pchilik. Joyiga borib ishlashdi: qizlarni e’lon bo‘yicha buyurtma qilishar, ularni kvartiralarga yoki tungi klublarga olib borishardi. Eng ko‘p qurilishlarga olib borishardi. 10 15 va undan ortiq quruvchilar bitta qizni sotib olishardi . Quldorlar qizlarni yerlarga olib borishar va ishchilar bilan to‘la yerto‘lalar yoki baraklarga tashlashardi. Olib kelganlar muayyan vaqt kutib, so‘ngra qizlarni olib qaytishardi. Ayrim xonadoshlar yo‘qolib qolishdi. Ular shunchaki xizmat safari dan qaytishmadi. Biroq mexanizm ishlar edi: har uch kunda yangi avtobus kelib, O‘zbekistondan uch-qizni tashlab ketar edi. Azizaning aytishicha, ularning yoshi 18 35 atrofida. Bu yerga avvalroq keltirilganlarning aytishicha, ba’zida voyaga yetmagan qizlarni olib kelishgan.

Azizaga omad kuldi. Birinchi kunning o‘zidayoq keksa yoshli erkak oshpazni SIM-karta olib kelishga ko‘ndirdi. U oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilish uchun bu hududdan mustaqil chiqa oladigan yagona kishi edi. Oshpaz uning iltimosini ado etdi va Aziza onasiga qo‘ng‘iroq qildi. onasi esa Jizzax viloyatidagi Istiqbolli avlod NNT tezkor aloqa raqami bilan bog‘landi. Shundan so‘ng NNT Xalqaro migrasiya tashkilotiga (XMT) murojaat qildi, tashkilot esa Rossiya huquqni muhofaza qilish organlari bilan bog‘landi. Azizani qutqarish operasiyasi shu taxlit boshlandi. Biroq kuzatuvchilar Azizaning tashqi dunyo bilan aloqalashganidan xabardor bo‘lib, uni alohida xonaga o‘tkazishdi, uni kaltaklab, ko‘z o‘ngida pasportini yoqishdi. Shundan so‘ng joyiga borib ishlashga uni olib ketishmadi. Martda yo‘l kirasini ishlab topishga majburlamoqchi bo‘lishdi, ammo Aziza bu vaqtda homiladorligini bilgan, ularga majburlagan taqdirda o‘z joniga qasd qilishini aytgan edi. Uni o‘z holiga qo‘yishdi.

Uchinchi qism. Qutqarish

Qutqaruv operasiyasiga bir necha kun qolganda manzildagi barchani noma’lum yerga olib ketishdi. Ichkarida Aziza va uni qo‘riqlash uchun jinoiy guruhning ikki vakili qoldi. 16 mart kuni Perm huquqni muhofaza qilish organlari uni ozod qildi. Ular bilan birga XMTning Rossiyadagi vakilasi ham keldi. Unga qarab turgan ikki nazoratchining keyingi taqdiridan Azizaning xabari bo‘lmadi.

Istiqbolli avlod NNTqaytish sertifikatini olish uchun hujjatlarni tayyorlash bilan mashg‘ul bo‘ldi. O‘zbekiston TIV mazkur jarayonni tezlashtirdi. Bu vaqt ichida (45 kun) Aziza Rossiyadagi shelterda qoldi. So‘ngra XMT samolyot chiptasi to‘lovini amalga oshirdi va Aziza vataniga qaytdi. Aeroportda uni Istiqbolli avlod NNT Jizzax viloyati yuristi kutib olib, uyiga olib keldi.

NNT xodimlari pasportni tiklashga yordamlashdi, homilador ayolning tibbiy ko‘riklardan o‘tishida hamrohlik qilishdi, uni pazandalik kursida o‘qitishdi (XMT moddiy ko‘magida). Tug‘ruqdan so‘ng Aziza farzandini parvarishlash uchun nafaqa olishni boshladi, Xotin-qizlar qo‘mitasi va Istiqbolli avlod markazi yosh onaning farroshlar maktabiga ishga joylashtirishdi. Aziza uning qaytishiga ko‘maklashgan barchadan minnatdor? Tursunoy opa (Rossiyadagi XMT xodimasi tahr.), Nazifa opa, Ra’no opa, Sobir akaga katta rahmat .

Jizzax viloyatidagi Ayollar reabilitasiyasi markazi direktori, Istiqbolli avlod NNT (Jizzax) raisi Nafiza Kamolova shunday deydi:

Bizning NNT 2003 yildan buyon odam savdosi qurbonlari bilan ishlab kelmoqda. Shunday odamlar va ularning qarindoshlari +998911979494 tezkor aloqa raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.

Ko‘pchilik odam savdosi qurbonlarida ekspluatasiyaning bevosita oqibatlari hisoblangan jismoniy va ruhiy salomatlik bilan bog‘liq muammolar bo‘ladi. Zo‘rlik bilan ushlab turish va qullik, jismoniy va ruhiy su’iiste’molchiliklar, noinsoniy sharoitlar oqibatida olingan ruhiy muammolar, travmatik tajribalar ko‘p hollarda me’yoriy ruhiy holatdan uzoqlashishga olib keladi. Jinoyatchilar tomonidan uzoq muddat majburan ekspluatasiya qilingan, noto‘g‘ri axborotlar bilan to‘liq chalg‘itilgan va boshqarilib, qaram holatiga olib kelingan odam savdosi qurbonlari o‘ziga, hayotni yaxshi tomonga o‘zgartirish imkoniyatlariga ishonchni yo‘qotadi. Mamlakatga qaytishda va eski muammolar bilan to‘qnash kelishda bu odamlarda noadekvat xatti-harakatlar va oqibatini o‘ylamasdan qarorlar qabul qilish holatlari paydo bo‘ladi. Bizning NNT maishiy zo‘ravonlik va odam savdosi qurbonlariga ijtimoiy qayta moslashishda yordamlashadi. Mazkur bosqichda qurbonlar ijtimoiy aloqalarini yangidan quradi, o‘z ichki kuchlariga ishonch uyg‘otadi, yanada mustaqil bo‘ladi. Bu bosqichlardan har kim turlicha o‘tadi. Biz har bir murojaat bo‘yicha yordam berish, bu jarayonga Xotin-qizlar qo‘mitasi, Oila markazi, huquqni muhofaza qilish organlari, Xalqaro migrasiya tashkiloti va boshqa instansiyalarni jalb etishga harakat qilamiz .

Aziza o‘zini baxtliman deb aytishi mumkin: undan jinsiy maqsadlarda foydanishmadi, u ortga O‘zbekistonga qaytishga muvaffaq bo‘ldi. Eri ayni vaqtda qidiruvda. Biroq, afsuski, Aziza uyiga qaytganidan so‘ng yangi muammolarga to‘qnash keldi.

To‘rtinchi qism. Uydagi do‘zax dan qochish

Aziza o‘z uyiga joylashdi. Ikki xonali uyda yetti kishi: Aziza va go‘dagi, keksa onasi, katta opasi, pochchasi va ikki jiyani. Afsuski, opasi va pochchasi tez-tez ichkilikka mukkasidan ketadi. Har safar ichib olganda Azizaga ta’na qilishadi, uni fohishabozlikda, farzandining otasi kimligini bilmaslikda ayblashadi va uydan ketishni talab qilishadi, aks holda bolasi bilan birga o‘ldirish bilan qo‘rqitishadi. Bu kabi janjallarni eshitgan qo‘shnilar unga boshqacha ko‘z bilan qarashni boshlaydi, Azizani haqoratlashadi va uning ortidan kulib, muloqot qilishdan qochishadi.

2019 yil 18 dan 19 yanvarga o‘tar kechasi navbatdagi janjaldan so‘ng Azizaning opasi uni ashyolarini to‘plashini buyuradi. U rad javobini bergach, kaltaklashadi va bolasi bilan uydan majburan chiqarib yuborishadi. Aziza tunni ko‘chada hovlidagi o‘rindiqda o‘g‘ilchasini isitishga uringancha o‘tkazadi. Ertalab Aziza eshikni qoqadi, opasi uni sochlaridan tutib, ichkariga tortadi. Uning qo‘llaridan yulqinib, ko‘chaga qochadi. Ortidan buyumlarini uloqtirishadi. Ko‘chaga yig‘ilgan qo‘shnilar va o‘tkinchilar voqealarni tomoshabin bo‘lib kuzatadi xolos. Hech kim oraga qo‘shilmaydi.

Shunda Aziza Istiqbolli avlod haqida eslab qoladi va NNT rahbari Nazifa Kamolovaga qo‘ng‘iroq qiladi. Bu paytda Nazifa Kamolova O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining Jizzax viloyatidagi bo‘linmasi huzuridagi zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan xotin-qizlarni reabilitasiya qilish markaziga direktor etib tayinlangan edi. Uning maslahati bilan Aziza taksida shelterga keladi. Bu yerda boshpana, taom va ruhiy yordam oladi. Markazda Aziza tikuvchilik kursiga yoziladi, markaz homiylari esa unga tikish mashinasi sovg‘a qiladi.

Aziza Xotin-qizlar qo‘mitasi Tanzila Norboyeva bilan shaxsan suhbatlashadi. Ushbu uchrashuvdan so‘ng Istiqbolli avlod NNT bilan hamkorlikda tuman hokimiyati yordamida Aziza fevral oyida ijtimoiy turar-joylar dasturi bo‘yicha bir xonasi alohida uyga ega bo‘ldi.

Shu bilan Azizaning boshiga tushgan ko‘rguliklar tugaganiga ishongimiz keladi. Aziza bugun o‘z uyida o‘z ishi va ertangi kunga ishonch bilan yashamoqda.

Manba: gazeta.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Serxio Aguero: «Abduqodir Husanov shu darajani 3-4 yil saqlab qolsa, dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biriga aylanishi mumkin»

"Манчестер Сити" афсонаси ҳисобланган Серхио Агуэро «шаҳарликлар» ёш юлдузлари — Нико O’Райли ва Абдуқодир Ҳусановнинг ўйинларига юқори баҳо берди.

Moskvadagi barcha aeroportlar faoliyatini to‘xtatdi

Шереметево рейсларга ўзгартиришлар киритилиши мумкинлигини эълон қилди. Аввалроқ, "гилам"0 сигнали туфайли Внуково, Домодедово ва Жуковскийда чекловлар жорий этилган эди.

Mbappe jarohatini davolash o‘rniga aktrisa bilan hordiq chiqarmoqda. Klub fanatlari jiddiy norozilik bildirmoqda

«Реал Мадрид» мухлислари ҳужумчи Килиан Мбаппени мавсумнинг ҳал қилувчи палласида Италияда севгилиси билан ҳордиқ чиқараётгани учун кескин танқид қилишди.

«Urushmoqchimisan?» Zelenskiyning Belarusga yo‘llagan tahdidi G‘arbni hayratda qoldirdi

X ижтимоий тармоғи фойдаланувчилари Владимир Зеленскийнинг чегаранинг Беларусь томонидаги гўёки «ғалати фаоллик» учун Минскка жавоб қайтариш билан таҳдид қилган баёнотини фаол муҳокама қилмоқдалар.

Prezidentning xotiniga hukm chiqargan sud’ya o‘lik holda topildi

Полиция воқеани ўрганмоқда, асосий версиялардан бири — ўз жонига қасд қилиш.

Eron yahudiylari yetakchisi Oyatulloh Xomanaiyga sodiqlik bildirdi

Шу билан бирга, Исроилда ички норозилик кучаймоқда.

«Manchester Siti» markaziy himoyachisini arzon garovga sotib yuborishi mumkin

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Натан Аке фаолиятини Италияда давом эттириши мумкин.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Rossiya bilan chegaradosh ikki davlat AQSh qo‘shinlarini joylashtirishga tayyor

Бу ҳақда Гитанас Науседа ва Кароль Навроцкий баёнот берган.

2026 yilda dunyoda eng yirik harbiy havo kuchlari

АҚШ замонавий ҳарбий авиация соҳасида ҳали ҳам дунёда энг йирик ҳаво кучига эга давлат сифатида баҳоланмоқда.

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Хунан провинциясидаги саноат корхонасида юз берган фожиа оқибатида кўплаб инсонлар қурбон бўлгани ва жиддий жароҳат олгани муносабати билан Хитой Халқ Республикаси Раиси Си Цзинпинга ҳамдардлик билдирди.

Krishtianu Ronaldu millionlab obunachilarini yo‘qotdi

«Instagram» ижтимоий тармоғи ботлар ва нофаол аккаунтларни оммавий тарзда ўчириш ишларини амалга оширди, деб хабар бермоқда Sports.kz.

Tramp Hormuz rejasini 50 soatdan so‘ng to‘xtatdi

Маълумотларга кўра, Трамп бу қарорни операция бошланганидан икки кун ўтмасдан қабул қилган.

Latviyada Rossiyadan uchib o‘tgan ikkita dron qulab tushdi, ulardan biri neft omboriga zarar yetkazdi

7 май кечаси ҳаво ҳудудига эҳтимолий таҳдид ҳақидаги хабарни Резекне шаҳри, шунингдек, Резекне, Балви ва Лудза ўлкалари аҳолиси олган

Tramp Eron bilan muzokaralarni AQShda o‘tkazishni taklif qildi

Дональд Трамп Эрон билан музокараларни АҚШ ҳудудида ўтказишни таклиф қилди.

Chekka hududda yarim asr 16 ta qishloq suyanib kelgan tibbiyot maskani butkul yangilandi

1972 йилда қурилган Ургут туманининг “Баҳрин” маҳалласидаги 21-сонли оилавий поликлиника 16 та қишлоқ аҳолиси — 13 мингдан ортиқ инсон учун ягона тиббиёт маскани ҳисобланади. Бу бино қурилганидан бери, яъни ярим асрдан ошиқ вақт давомида капитал таъмир кўрмаган.

Jizzaxda vagonda selfiga tushmoqchi bo‘lgan o‘smirni tok urdi

Жабрланувчи шифохонага етказилиб, жонлантириш бўлимига ётқизилган.

O‘zbekistonda yirik firibgarlikda ayblangan Turkiya fuqarosi Perudan Toshkentga ekstradisiya qilindi

Маълум қилинишича, Интерпол каналлари орқали қидирувга берилган шахс Перудан Ўзбекистонга олиб келинган.

Ishga kiritish, ruxsatnoma olish va nafaqa tayinlash bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

Коррупцияга қарши курашиш йўналишида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент ва Ички ишлар органлари билан ҳамкорликда ҳудудларда бир нечта тезкор тадбирлар ўтказилди.

Isroil Livan janubidagi hujumlarni davom ettirmoqda

NNA маълумотига кўра, Исроил ҳарбий самолётлари эрталабдан Кефре ва Жебшитга зарбалар берган.

BMT Xavfsizlik Kengashi BAAga hujumlar bo‘yicha yopiq majlis o‘tkazadi

Бу ҳақда Al Jazeera дипломатик манбага таяниб хабар берди.

Chegarada tunnellar orqali qonunbuzarlikka qarshi javobgarlik kuchaytiriladi

Айниқса, ер остида ноқонуний қурилган туннеллар ёки бошқа инфратузилмалардан фойдаланиб чегарани кесиб ўтиш оғирлаштирувчи ҳолат сифатида белгиланмоқда.

Samarqanddagi «zapravka»da yong‘in chiqdi

Ҳозирда ёнғиннинг келиб чиқиш сабаби ва етказилган моддий зарар миқдори аниқланмоқда.

Leningrad viloyatining Kirishi shahridagi neftni qayta ishlash zavodiga hujum qilindi

Ҳужум фонида Пулково аэропорти ишини чеклади, камида 17 та авиарейс кечиктирилди.

Xitoyning Xunan provinsiyasidagi pirotexnika zavodida portlash yuz berdi

​Хитой раиси Си Жинпин ҳодиса юзасидан зудлик билан текширув ўтказиш ва айбдорларни қаттиқ жавобгарликка тортиш бўйича кўрсатма берди.

Oq uy yaqinida yana bir otishma sodir bo‘ldi

Associated Press агентлигининг хабар беришича, Оқ уй вақтинча ёпиб қўйилган.

Qozog‘istondagi metallurgiya zavodida kuchli portlash yuz berdi

Дастлабки маълумотларга кўра, фавқулодда ҳолат оқибатида 2 киши ҳалок бўлган, 5 киши жароҳатланган.

Izmirda nimalarni tatib ko‘rish mumkin?

Бугунги кунда саёҳатда фақат манзил эмас, балки сафар давомида татиб кўриладиган таъмлар ҳам алоҳида аҳамият касб этмоқда. Сўнгги йилларда гастрономик саёҳат, яъни “foodie exploration” — глобал туризмга сезиларли таъсир кўрсатаётган муҳим йўналишга айланди. Замонавий сайёҳлар кўпинча саёҳатларини машҳур диққатга сазовор жойларни зиёрат қилиш билан бир қаторда, унутилмас гастрономик тажрибалар асосида режалаштирмоқда.

Ispaniyada 40 tonnagacha kokain musodara qilindi

Испания полицияси Атлантика океанида рекорд даражадаги — тахминан 40 тонна кокаинни мусодара қилди.

AQShda United Airlines samolyoti qo‘nish vaqtida yuk mashinasiga urilib ketdi

FAA ва NTSB маълумотларига кўра, Boeing 767-400 самолёти Венециядан 200 дан ортиқ йўловчи билан парвоз қилган.

Qoraqalpog‘istonda kadastr bo‘limi rahbari pora bilan ushlandi

Ҳозирда кадастр раҳбарига нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Beshariqda 90 dan ortiq xonadonni suv bosdi

Бартараф этиш ишларига барча зарур куч ва воситалар жалб қилинган. Вазият тўлиқ назоратга олинган.

Navoiyda oltin va ma’danli toshlarni noqonuniy qazib olganlar ushlandi

Шу каби, фуқаро С.Х. ҳам “Зарафшон” МФЙ ҳудудидаги хонадонида қум ва тошдан олтин ажратиб олиш билан шуғулланиб келганлиги аниқланди