«Ergoferon» tabletkasi immunitetni ko‘tarib, koronavirus yuqishining oldini olarmish. Shu rostmi?

«Ergoferon» tabletkasi immunitetni ko‘tarib, koronavirus yuqishining oldini olarmish. Shu rostmi?

Kecha AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda muhim savollar yuzasidan javob qaytarildi

- Bizga «Ergoferon» ichish kerakligini uyimizga kelib hamshiralar aytishayapti. Bu immunitetni ko‘tararmish. Koronavirus yuqishiga qarshi deyishayapti. Shu rostmi?

Koronavirus infeksiyasining oldini olishda birinchi navbatda sanitariya-gigiyena va karantin talablariga rioya etish zarur. Xamshiralar fuqarolarga eng avvolo shuni tushuntirishlari kerak, koronavirus hamshira davolaydigan kasallik emas.

Kasallik profilaktikasi uchun yoki kasallik belgilari namoyon bo‘lsa, albatta shifokorga murojaat qilish kerak, har xil tavsiyalar va reklamadagi preparatlar bilan bilib-bilmay o‘zboshimchalik bilan davolanish natijasida kasllikni og‘ir formasiga o‘tkazib yuborish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!