Erevandagi namoyishchilar bosh vazir iste’fosini talab qilishdi

Erevandagi namoyishchilar bosh vazir iste’fosini talab qilishdi

26 may kuni Armaniston poytaxti Yerevanda minglab namoyishchilar mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyan iste’fosini talab qilib, namoyishda ishtirok etdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.Shuningdek, ular yaqinda to‘rt qishloqni Boku nazoratiga o‘tkazilishiga sababchi bo‘lgan Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi chegaraning delimitasiya va demarkasiya qilinishiga qarshi chiqqan.

Tavush yeparxiyasi rahbari arxiyepiskop Bagrat Galstanyan norozilik aksiyasi rahbari sifatida ishtirok etgan. U Arman Apostol cherkovi rahbaridan siyosiy kurashda ishtirok etish niyati tufayli uni lavozimdan chetlashtirishni so‘ragan.

“Vatan uchun Tavush” muxolifat harakati uni mamlakat bosh vaziriligiga nomzod qilib ko‘rsatgan. 26 may kuni bo‘lib o‘tgan mitingda so‘zga chiqqan Galstanyan Pashinyandan “madaniyatli yo‘l bilan” iste’foga chiqishni talab qilgan va bu bosh vazirning buning uchun so‘nggi imkoniyati ekanligini ta’kidlagan.

Xabar qilinishicha, namoyishchilar shaharning markaziy maydonidan Armaniston bosh vaziri qarorgohigacha piyoda borgan. Pashinyan miting kuni Yerevanda emas, mamlakat shimolidagi suv toshqini zonasida bo‘lgan.

Xuddi shu kuni Armaniston ichki ishlar vazirligi mamlakat shimolidagi suv toshqinlari yo‘llar va ko‘priklarni vayron qilgani haqida xabar bergan edi. 230 dan ortiq odam evakuasiya qilingan, kamida bir kishi halok bo‘lgan. Vayronaga Debed daryosining toshib ketishi sabab bo‘lgan.

Hodisa oqibatida Tbilisi va Yerevan o‘rtasidagi poyezdlar qatnovi to‘xtatilib, yirik magistral yopilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!