Erdo‘g‘on O‘zbekiston haqida nimalar dedi?

Erdo‘g‘on O‘zbekiston haqida nimalar dedi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on bilan birga Anqaradagi "Millat kutubxonasi"ning ochilish marosimida ishtirok etdi.

Tantanali marosimda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on nutq so‘zlab, O‘zbekiston haqida iliq fikrlar bildirdi.

Jumladan, “O‘zbekiston biz uchun madaniy tasavvurimizni shakllantirgan olimlarni yetishtirgan, ilm, irfon va madaniyat dunyomizni ta’minlagan hayot buloqlarimizdan eng muhimidir.

Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Ibn Sino, Xorazmiy, Ali Qushchi kabi olimlar, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy, Bahouddin Naqshband singari ulug‘larimiz bizga Movarounnahrning armug‘onidir”, dedi Turkiya  Prezidenti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!