Erdo‘g‘anning matbuot kotibi va Turkiya Ichki ishlar vazirida koronavirus aniqlandi

Erdo‘g‘anning matbuot kotibi va Turkiya Ichki ishlar vazirida koronavirus aniqlandi

31 oktyabr kuni Turkiya prezidentining matbuot kotibi va Ichki ishlar vaziri o‘zlarining koronavirusga chalinganlarini ma’lum qilishdi.

Prezidentning matbuot kotibi Ibrohim Kolinning aytishicha, u koronavirusdan davolanishning oxirgi bosqichiga yetib kelgan. Ammo, u qachon COVID-19 ni yuqtirib olganini oshkor qilmadi.

“Men o‘zimni juda yaxshi his qilyapman” deb yozdi Kolin o‘zining "Tvitter" sahifasida.

Kolindan bir necha soat oldin Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu ham koronavirusga chalingani va ayoli hamda qizi bilan kasalxonaga yotqizilganini aytgandi.

Bu ikki shaxs Erdo‘g‘an bilan tez-tez uchrashib turishadi. Lekin hozirgacha Turkiya rahbarida koronavirus alomatlari sezilmagan va u kunlik televizion chiqishlarda ko‘rinish berib kelmoqda. Erdo‘g‘anning atrofida yuruvchi odamlar doimo koronavirusga qarshi tekshiruvdan o‘tib turishadi.

Bugunga kelib Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni 375 367 nafarni, undan vafot etganlar esa 10 252 nafarni tashkil qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!