Erdo‘g‘an yangi mojarolarni bashorat qildi

Erdo‘g‘an yangi mojarolarni bashorat qildi

Agar Isroil to‘xtatilmasa, dunyo «yangi mojarolar»ga duch keladi, deydi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.

«G‘arb davlatlari Netanyaxuni qo‘llab-quvvatlar ekan, Falastindagi qirg‘inni to‘xtatib bo‘lmaydi. Men ochiq aytaman, agar G‘azoda sionistik ekspansionizm davom etsa, dunyomiz yangi to‘qnashuvlarga duch keladi», — dedi Erdo‘g‘an.

Turkiya prezidenti Falastinni tan olishini e’lon qilgan Norvegiya, Ispaniya va Irlandiyaga ham minnatdorchilik bildirdi. U poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan 1967 yilgi chegaralarda ertami-kechmi Falastin davlati tuzilishiga umid bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!