Erdo‘g‘an Idlibda yuz berayotgan voqealarni urushga qiyosladi

Erdo‘g‘an Idlibda yuz berayotgan voqealarni urushga qiyosladi

“Biz u yerda o‘z harakatlarimizni boshladik”, deb qo‘shimcha qilgan Erdo‘g‘an. 

Turkiya rahbarining ma’lum qilishicha, 21 fevral kechki payt uning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon suhbati belgilangan. 

“Ushbu suhbat keyingi harakatlarimizni belgilab beradi. Suriyada tuzum [Suriya prezidenti Bashar Asad tuzumi] tomonidan zo‘ravonlik tugamaguncha, u yerdagi pozisiyalarimizdan ketmaymiz”, deb aytgan Erdo‘g‘an. 

Turkiya prezidentining ta’kidlashicha, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Angela Merkel Putinga 5 mart kuni Istanbulda Suriya bo‘yicha to‘rt tomonlama sammit o‘tkazishni taklif qilgan.

20 fevralda Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi jangarilar Turkiya qurolli kuchlari artilleriyasi ko‘magida Suriya armiyasining Kminas va Nayrab aholi punktlaridagi mudofaasini yorib o‘tgan.    

Bunga javoban Rossiyaning Su-24 samolyotlari jangarilarga zarba bergan. Bu Suriya armiyasiga barcha hujumlarni qaytarishga imkon bergan. Rossiya tomoni Anqarani terrorchilarni qo‘llab-quvvatlamaslikka chaqirgan. 

Turkiya mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, Idlibda havo hujumi vaqtida 2 nafar turk harbiysi halok bo‘lgan, yana 5 nafari yaralangan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!