Erdog‘an "Qur’on"ning yoqilgani haqida: "Shvesiya endi bizdan umid qilmasin"

Erdog‘an "Qur’on"ning yoqilgani haqida: "Shvesiya endi bizdan umid qilmasin"

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Stokgolmdagi shov-shuvli harakatlardan so‘ng Shvesiya NATOga ariza berish uchun Turkiyaning bundan buyon qo‘llab-quvvatlashini kutmasligini aytdi.

"Shvesiyadagi va hatto diplomatik vakolatxonamiz yaqinidagi bu nopok harakatlar musulmonlarga, umuman, barcha insonlarga, barcha huquq va erkinliklarga nisbatan haqorat sifatida qabul qilinadi. Siz terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashda davom etasiz va NATOga a’zo bo‘lish uchun qo‘llab-quvvatlashni kutmoqdasiz. Bu bo‘lmaydi. Shvesiya bizdan bu yordamni endi kutmasligi kerak”, dedi u.

Eslatib o‘tamiz, Shvesiyada siyosatchi "Qur’on"ni yoqib yubordi va hukumat bunga ruxsat bergani ma’lum bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!