Erdog‘an Putin bilan yong‘inni o‘chirish uchun samolyot-amfibiyalarni sotib olishni muhokama qiladi

Erdog‘an Putin bilan yong‘inni o‘chirish uchun samolyot-amfibiyalarni sotib olishni muhokama qiladi

Turkiya prezidenti Toyyip Erdog‘an juma kuni Sochida rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan muzokarada o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurash uchun amfibiya samolyotlarini sotib olish masalasini ko‘taradi. Bu haqda mamlakat Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Vahit Kirishchi aytib o‘tdi.

“Ertaga Sochiga boramiz. Prezidentimizning janob Putin bilan uchrashuvi bor. Rossiyadan samolyotlar (amfibiyalar) sotib olish masalasi muayyan bosqichga olib chiqiladi. Ikki tomonlama munosabatlarda muhim masalalar mavjud bo‘lgani bois bu uchrashuvda ham bu masala kun tartibiga qo‘yilishi mumkin”, — deya vazirning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Anadolu agentligi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashda mamlakat bo‘ylab o‘t o‘chirish bo‘linmalarining 11 ming nafar xodimi ishtirok etmoqda.

Turkiya vazirining ta’kidlashicha, yong‘inlarni bartaraf etish uchun birinchi bo‘lib 460 nafar mutaxassisdan iborat maxsus bo‘linma tashkil etilgan.

Vaxit Kirishchi, shuningdek, Sochidagi (5 avgust) muzokaralar chog‘ida yong‘inlarni o‘chirish uchun Rossiya Federasiyasidan samolyotlar xarid qilish masalasi “ma’lum darajaga yetkazilishi”ni aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!