Erdog‘an: Iroq bilan chegara xavfsizligi bu yozda to‘liq ta’minlanadi

Erdog‘an: Iroq bilan chegara xavfsizligi bu yozda to‘liq ta’minlanadi

Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqarada 4-Kolordu qo‘mondonligi askarlari bilan iftorda uchrashdi.

Turkiya Prezidenti nutq so‘zlab, Turkiya Qurolli kuchlarining alohida o‘rni borligini ta’kidladi.

Turkiya davlati rahbari kuchli armiyaga ega bo‘lish biz uchun shunchaki tanlov emas, balki farz ekanligini aytdi.

«Mamlakatimiz har doim jangovar shaylikni eng yuqori darajada ushlab turishi kerak», dedi u.

Mamlakat chegaralarining xavfsizligini ta’minlashning ahamiyatiga e’tibor qaratgan Prezident Erdog‘an, Iroq bilan chegaraning shu yozda to‘liq ta’minlanishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Suriyadagi tugallanmagan ishlar albatta yakunlanadi.

«Maqsadimiz avlodlarimizga terrorizmning qora soyasidan butunlay xoli Turkiyani meros qilib berishdir», dedi prezident.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!