Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik ham kuchaytirildi

Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik ham kuchaytirildi

Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishining yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzish, shu jumladan karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklarning paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida shifoxonadagi ichki tartibga rioya etmaslik hamda davlat sanitariya nazorati organlarining:

•  tibbiy tekshiruvdan o‘tish va davolanish; 

•  karantinni o‘tash uchun belgilangan joylarga yetib borish hamda ushbu joyni belgilangan muddat davomida tark etmaslik; 

•  kasallik yuqish xavfi mavjud bo‘lgan davrda muloqotda bo‘lingan shaxslar va borilgan joylar haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilish to‘g‘risidagi yoki boshqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, fuqarolarga BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha (4 mln 460 ming so‘mdan 6 mln 690 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga  BHMning 30 baravaridan 50 baravarigacha (6 mln 690 ming so‘mdan 11 mln 150 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

(Hozirga qadar jarima miqdori tegishlicha BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (669 ming so‘mdan 1 mln 115 ming so‘mgacha) hamda 10 baravaridan 15 baravarigacha  (2 mln 230 ming so‘mdan 3 mln 345 ming so‘mgacha) bo‘lgan)

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!