Eng uzoq umr ko‘rish bo‘yicha Yaponiya “taxt”dan tushishi mumkin

Eng uzoq umr ko‘rish bo‘yicha Yaponiya “taxt”dan tushishi mumkin

2040 yilga borib eng uzoq umr ko‘ruvchi aholiga ega Yaponiya birinchilikni berib qo‘yishi mumkin.
 
Uning o‘rnini esa Ispaniya egallashi kutilmoqda. “The Lancet” ilmiy jurnali bu borada tahlil natijalarini e’lon qildi.
 
Tahlil xulosalariga ko‘ra, 2040 yilga borib Pireney yarimoroli mamlakatida o‘rtacha umr ko‘rish davriyligi 85,8 yilga yetadi. Yaponiyaning ko‘rsatkichi esa 85,7 yoshni tashkil etadi.
 
Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, eng uzoq umr ko‘ruvchi odamlar yashovchi mamlakatlar yetakchi o‘nligiga 2040 yilda, shuningdek, Singapur, Shveysariya, Portugaliya, Italiya, Isroil, Fransiya, Lyuksemburg va Avstraliya ham kiradi.
 
2016 yilgi reytingga solishtirganda, AQSh 43-o‘rindan 64-o‘ringa (79,8 yosh) tushadi, Xitoy esa aksincha, 68-o‘rindan 39 o‘ringa (81,9 yosh) ko‘tariladi.
 
Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmanistonda o‘rtacha yosh 75-77,5 ni tashkil etsa, O‘zbekiston va Qirg‘izistonda mazkur ko‘rsatkich 72,5-75 yosh bo‘ladi.
 
Reytingning oxirida MAR, Lesoto, Somali, Zimbabve kabi Afrika mamlakatlari joy oldi, ularda o‘rtacha umr davomiyligi 60-65 yoshda atrofida ko‘rsatilmoqda.
 
Ma’lumot uchun, tadqiqot davomida olimlar 190 mamlakatdagi o‘limga olib keluvchi 250 sababni o‘rganishdi. Yuqori qon bosimi, semirish, qondagi qand miqdori yuqoriligi, tamaki va alkogol bevaqt o‘limga olib keluvchi eng jiddiy omillar sifatida qayd etildi.
 
2040 yilga borib dunyoning yosh xaritasi mana shunday ko‘rinish hosil qiladi.

Manba: qalampir. com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!