AQSh nashri tuzgan ro‘yxatga Rossiyaning 955A “Borey-A” loyihasiga kiruvchi va “ballistik raketalarga ega eng shovqinsiz suv osti kemalari” bo‘lgan 3 ta hamda 667BDRM “Delfin” loyihasi va 885M “Yasen” loyihasiga kiruvchi suv osti kemalari kiritilgan. Bu kemalar mos ravishda R-30 “Bulava”, R-29RMU2 “Sineva” ballistik raketalari va “Kalibr” majmuasining ZM-14 qanotli raketalari bilan qurollangan.
Mutaxassislarning fikricha, Rossiyaning K-560 “Severodvinsk” yoki K-561 “Kazan” suv osti kemalari o‘z jangovar qudrati evaziga AQShning sharqiy sohilidan 2 ming km uzoqlikdan turib AQShdagi Buyuk ko‘llarga zarba bera oladi.
Shuningdek, ro‘yxatga AQShning “Ogayo” (Ohio) suv osti kemasi kiritilgan. Ta’kidlanishicha, bu kema “Traydent” tizimi ballistik raketalari yordamida “shahar o‘lchamidek keladigan 288 ta nishonni yarim soat ichida kulga aylantirishi mumkin”. Bunday kemadan 9 tasi Tinch okeanida, yana 5 tasi Atlantika okeanida joylashtirilgan.
Ro‘yxatga kiritilgan yana bir suv osti kemasi “Kolambiya” (Columbia) esa joriy yildagina taqdim qilinishi rejalashtirilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.