Energetika vazirligi gaz ta’minoti qancha muddatda to‘liq tiklanishini ma’lum qildi

Energetika vazirligi gaz ta’minoti qancha muddatda to‘liq tiklanishini ma’lum qildi

Energetika vazirligi Respublikamiz elektr energiya ta’minotida uzilishlar sodir bo‘lishi natijasida "O‘ztransgaz" AJ tizimidagi Kompressor stansiyalarining faoliyati to‘xtab qolganligi va ularni qayta ishga tushirilishi bo‘yicha ma’lumot berdi.

"25 yanvar kuni soat 11.20da Energetika vazirligi tomonidan Markaziy Osiyo elektr ta’minoti tizimida 25 yanvar kuni soat 10.57 da avariya sodir bo‘lishi natijasida atrof hududlarida elektr energiya ta’minotida o‘chishlar yuzaga kelganligi haqida dastlabki ma’lumot e’lon qilindi:

Unda yagona elektr tarmog‘iga ulangan O‘zbekiston elektr tarmog‘iga bu avariyaning salbiy ta’siri natijasida respublika bo‘ylab elektr ta’minotida uzilishlar ro‘y berdi. Bu o‘z navbatida, neft va gaz konlarini to‘xtashiga olib keldi. Natijada magistral gaz quvurlariga tabiiy gaz uzatish to‘xtab qolgani ma’lum qilindi. Bir vaqtning o‘zida "O‘ztransgaz" AJ tizimidagi Kompressor stansiyalarining agregatlari faoliyati to‘xtatildi. Jumladan 25 yanvar kuni;

11.06da G‘allaorol KSdagi 12 ta gaz haydash agregati(GHA),

11.08 da Yangiyer KSda 10 ta GHA,

11.09 da Ohangaron KSda 1 ta GHA,

11.10 da Zirabuloq KSda 13 ta GHA,

11.10 da Gazli KSda 10 ta GHA,

11.18 da Muborak KSda 5 ta GHA ish faoliyatini to‘xtatdi.

Yuzaga kelgan favqulotda holatni tezkor ravishda bartaraf qilish maqsadida "O‘ztransgaz" AJda Respublika shtabi nazoratida bo‘lgan favqulotda guruh tashkil qilindi va avariya-ta’mir brigadalari safarbar etildi. Respublika shtabi bilan koordinasiya qilgan holda, birinchi navbatda issiqlik elektr stansiyalarini ishga imkon qadar tez tushirishda amaliy yordam berish va gaz transport tizimini faoliyatini tiklash-guruhning asosiy vazifasi etib belgilandi.

Natijada, 25-26 yanvar kunlari avariya holatida to‘xtab qolgan 6 ta kompressor stansiyasidan 5 tasi to‘liq bo‘lmagan holatda ishga tushirildi.

Jumladan 25 yanvar kuni;

kechki soat 22.30 da Gazli KSda 1 ta GHA,

26 yanvar kuni soat;

02.37 da Kogon KSda 3 ta GHA,

04.30 va 05.30 da Gazli KSda 4 ta GHA,

06.15 da Zirabuloq KSda 2 ta GHA,

06.38 da Gazlida 1 ta GHA,

08.55 da G‘allaorol KSda 4 ta GHA,

09.35 da Muborak KSda 1 ta GHA,

09.40 da Zirabuloq KSda 1 ta GHA,

10.30 da Muborak KSda 1 ta GHA,

10.40 da G‘allaorol KSda 2 ta GHA,

14.40 da Yangiyer KSda 2 ta GHA,

15.23 da Zirabuloq KSda 2 ta GHA,

15.50 da Yangiyer KSda 2 ta GHA ishga tushirildi.

Joriy yil 26 yanvar soat 18.00da magistral gaz quvurlari tarmog‘iga uzatilayotgan tabiiy gaz miqdori soatiga 4 839 ming kub metrni tashkil etdi.

Jumladan, gaz qazib oluvchi tashkilotlardan soatiga 3 261 ming kub metr, (25 yanvar soat 10.00 da 5 490 ming kub metr gaz olingan )

tabiiy gaz importi soatiga – 710 ming kub metr (25 yanvar 10.00ga ko‘ra, 620 ming kub metr)

gazni yer ostida saqlash inshootlaridan soatiga – 868 ming kub metr( 25 yanvar 10.00 holatiga ko‘ra 870 ming kub metr) tabiiy gaz olish yo‘lga qo‘yildi.

26 yanvar soat 18.00 holatiga;

Muborak KSda 5 ta,

Kogon KSda 3 ta,

Zirabuloq KSda 8 ta,

G‘allaorol KSda 8ta,

Gazli KSda 7 ta GHA,

Yangiyer KSda 5 ta GHA (1 ta GHA ishga tushirilmoqda) ishlab turibdi.

Mutaxassislar taqdim etgan hisobotlariga ko‘ra, gaz qazib chiqaruvchi korxonalarining elektrostansiyalarni zarur darajadagi gaz hajmi bilan ta’minlashi va gaz quvurlari tizimi orqali zarur ish bosimini tiklash ishlarini amalga oshirish uchun kamida 2 kun talab etiladi. Hozirda joylarda kompressor stansiyalarini to‘liq ishga tushirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!