Energetika vaziri ”Gazprom“ rahbari bilan uchrashdi

Energetika vaziri ”Gazprom“ rahbari bilan uchrashdi

O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va ”Gazprom” boshqaruvi raisi Aleksey Miller o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, uchrashuvda tomonlar hamkorlikning borish va istiqbollarini, jumladan, Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish masalasini muhokama qilgan.

Ma’lumot uchun, 2023 yilning yanvar oyida ”Gazprom” va O‘zbekiston Energetika vazirligi o‘rtasida gaz sanoati sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha ”Yo‘l xaritasi” imzolangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!