Energetika masalalarini hal qilishda qayta tiklanuvchi energiya salohiyatiga tayaniladi

Energetika masalalarini hal qilishda qayta tiklanuvchi energiya salohiyatiga tayaniladi

Ayni paytda Prezident poytaxt jamoatchilik vakillari va mutasaddilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazmoqda.

Yig‘ilishda Toshkent shahrining elektr energiyasi va tabiiy gazga ehtiyoji tobora ortib borayotgani ta’kidlanib, energetika masalalarini to‘liq hal qilish uchun barcha hisob-kitoblar qilingani aytildi.

Avvalambor, qayta tiklanuvchi energiya salohiyatidan foydalanish zarur.

Shaharda kamida 2 ming megavattga yaqin quvvatli quyosh panellarini o‘rnatish mumkinligi qayd etildi. Bu ishlar bilan ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy soha ob’ektlari, davlat idoralari va tadbirkorlik binolarining tom qismi, sanoat zonalari hududi, avtoturargohlar va yirik suv inshootlari hududini qamrab olish mumkin.

Bu choralar ko‘rilsa, hisob-kitoblarga ko‘ra, 2023 yilda kutilayotgan 240 million kilovatt soatlik talabni 4 baravar ortig‘i bilan, ya’ni 1 milliard 80 million kilovatt soat hajmda ta’minlash imkoniyati paydo bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!