Endi Toshkent metrosi ichida uyali aloqa xizmatidan foydalanish mumkin

Endi Toshkent metrosi ichida uyali aloqa xizmatidan foydalanish mumkin

Endi Toshkent metropolitenida uyali aloqa xizmatidan foydalanish mumkin. Ucell kompaniyasi aloqa operatorlari orasida birinchi bo‘lib o‘z mijozlariga yer osti metrosida qo‘ng‘iroqlar, sms va internet (142 Mbit/s.gacha) xizmatidan foydalanish imkoniyatini taqdim etdi. Ushbu xizmat hozircha faqat bekatlarning o‘zida va tonnel ichkarisi bo‘ylab 100 metr yo‘nalishda amal qiladi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu xizmat tez orada butun metropoliten bo‘ylab yo‘lga qo‘yiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!