Endi Surxondaryoning ham ko‘pgina hududlari elektr energiyasiz qoldi

Endi Surxondaryoning ham ko‘pgina hududlari elektr energiyasiz qoldi

21 yanvar, taxminan soat 22:00 dan boshlab Surxondaryo viloyatida kuchli shamol qor bo‘ronini boshlab keldi. Oqibatda, 22 yanvar yarim tunda Surxondaryo viloyatining ko‘plab hududlarida, elektr energiya ta’minotida uzilishlar sodir bo‘ldi.

Ba’zi tumanlarning markazlarida elektr energiya ta’minoti tiklangan. Ammo qishloq joyda joylashgan aholiga elektr energiya yetkazib berish xozirgacha tiklangani yo‘q. Elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar aholiga ko‘plab noqulayliklar keltirib chiqarmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!