Endi OAVlar davlat markazida ro‘yxatdan o‘tkaziladi

Endi OAVlar davlat markazida ro‘yxatdan o‘tkaziladi

Ommaviy axborot va kommunikasiyalar sohasida xizmat ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlari to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar qildi.

Unda quyidagi reglamentlar tasdiqlandi:

- ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish;

- matbaa faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish;

- noshirlik faoliyatini lisenziyalash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish

Reglamentga ko‘ra, ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma hamda noshirlik faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziya cheklanmagan muddatga, matbaa faoliyatini amalga oshirish uchun guvohnoma esa besh yil muddatga beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!