Endi Komil Allamjonovning ham “Telegram”da o‘z kanali bor!

Endi Komil Allamjonovning ham “Telegram”da o‘z kanali bor!

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov ham telegramda kanal ochibdi. Unda quyidagi so‘zlarni o‘qiysiz:

“Yaqinda Pavel Durov yaratgan “Telegram” messenjeri, 6 yoshga to‘ldi, men Pavelni va uning jamoasini tabriklayman.

“Telegram” hayotimizning bir bo‘lagiga aylanib ulgurdi. Telegram kanallar esa ma’lumot tarqatish va olish asosiy manbaiga aylandi.

Bu yerda mening nomimdan, bir necha soxta kanallar ochilgani haqida ma’lum qilishdi, ana endi men ham siz bilan birgaman.

O‘ylaymanki, siz bilan o‘rtamizda mazkur kanal fikr almashish uchun yaxshi platformaga aylanadi.

Men bilan bog‘lanishi uchun maxsus bot: @allamjonov_bot”


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!