Endi barcha ommaviy davlat tadbirlari «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida o‘tkaziladi

Endi barcha ommaviy davlat tadbirlari «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida o‘tkaziladi

Biroz avval Prezident Shavkat Mirziyoyev «Yangi O‘zbekiston» bog‘i va Mustaqillik monumentini ochib bergani haqida xabar bergan edik.

Ushbu majmua ochilishida nutq so‘zlagan davlatimiz rahbari bundan buyon barcha davlat tadbirlari mazkur bog‘da o‘tkazilishi va xalqaro mehmonlar mamlakatimizga tashrifini shu joyni ziyorat qilishdan boshlashini ma’lum qildi.

«Yangi O‘zbekiston bog‘iga yaqin hududda zamonaviy xalqaro aeroport qurilmoqda. Kelgusida xorijdan tashrif buyuradigan yuksak martabali mehmonlar avvalo mana shu monumentni ziyorat qilib, xalqimiz va davlatimizga hurmat bajo keltiradi. Bundan buyon Navro‘z, Mustaqillik kabi qutlug‘ bayramlarimiz, katta ommaviy davlat tadbirlarini, turli sayil-tomoshalarni barcha zamonaviy sharoitlarga ega bo‘lgan shu go‘zal maskanda o‘tkazamiz», — dedi davlat rahbari va ushbu bog‘ni qisqa vaqt ichida qurish oson bo‘lmaganini ta’kidladi.

Shuningdek, prezident bu tom ma’nodagi tarixiy ishga hissa qo‘shgan barcha yurtdoshlarimizga, chet ellik hamkorlarga o‘z nomidan, xalqimiz nomidan chuqur minnatdorchilik bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Bildirilgan fikrlar (1 )

    Қата у янги ўзбекистон боғила