Endi bankomat orqali plastik kartangizga pul solishingiz ham mumkin

Endi bankomat orqali plastik kartangizga pul solishingiz ham mumkin

Endi foydalanuvchilar pullarini naqdlashtirishdan tashqari, NCR SelfServ 6632 rusumli bankomat yordamida kartaga pul (so‘m) solishlari ham mumkin.

YAUPMning xabariga ko‘ra, endi Uzcard karta eagalari o‘z plastik kartalarining hisobini pul mablag‘i bilan to‘ldirish uchun unga xizmat ko‘rsatayotgan bankga borishlari shart emas. Ushbu jarayonni cash-in funksiyalarini qo‘llab-quvvatlovchi NCR SelfServ 6632 rusumidagi yangi bankomatlar orqali amalga oshirish mumkin.

Cash-in va cash-out funksiyalaridan tashqari, ushbu bankomatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el valyutasini mahalliy pul birligiga konvertasiya qilish imkoniyati yaratilgan. Valyutalar kursi esa, komissiya to‘lovlarisiz ushbu bankomatga xizmat ko‘rsatayotgan bank tomonidan o‘rnatiladi.

Yuqorida sanab o‘tilgan qulayliklar mujassamlashgan bir qator bankomatlarga quyidagi banklar tomonidan xizmat ko‘rsatilmoqda:

Agrobank

Xalq banki

Ravnaq-bank

KDB

Hi-Tech bank


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!