Endi 25 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga xorijiy pasport 5 yil muddatga beriladi

Endilikda 25 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga xorijiy (qizil) pasport 5 yil muddatga beriladi.
Ilgari xorijiy pasport 16 yoshga to‘lmagan fuqarolarga 5 yil muddatga, 16 yoshdan oshgan fuqarolarga esa 10 yil muddatga berilar edi.
1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun pasport hali ham 2 yil muddatga beriladi.
Eslatib o‘tamiz, xorijga chiqish uchun aviachiptalarni bron qilishda xorijiy (qizil) pasportdan foydalanilshingiz kerak, O‘zbekistonda sayohat qilish uchun esa biometrik (yashil pasport yoki ID-karta) yetarli bo‘ladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)