Emomali Rahmon va Sadir Japarov ham Mirziyoyevni tabrikladi

Emomali Rahmon va Sadir Japarov ham Mirziyoyevni tabrikladi

25 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon telefon orqali muloqot qildilar.

Tojikiston Prezidenti suhbat avvalida O‘zbekiston yetakchisini davlat rahbari saylovida erishgan ishonchli g‘alabasi bilan samimiy qutlab, birodar o‘zbek xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zaro savdoning o‘sish sur’atlari, sanoat kooperasiyasi loyihalari ilgari surilayotgani, avtobuslar qatnovi qayta tiklangani, sog‘liqni saqlash va kinematografiya sohalarida faol aloqalar yo‘lga qo‘yilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Mintaqa kun tartibi, shu jumladan Afg‘onistonda vujudga kelayotgan vaziyatdan kelib chiqqan holda muhokama qilindi.

25 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkata Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Qirg‘iziston yetakchisi mamlakatimizda Prezident saylovi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani va unda ishonchli g‘alabaga erishilgani bilan davlatimiz rahbarini chin dildan tabrikladi. Birodar o‘zbek xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va taraqqiyot tilaklari izhor etildi.

Prezidentlar savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya va gumanitar hamkorlikdagi qo‘shma loyihalarning borishini muhokama qildilar.

Mintaqa kun tartibidagi masalalar ham ko‘rib chiqildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!