Toshkent viloyatida 333 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlar aniqlandi

Toshkent viloyatida 333 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Furqat va Toshloq tuman bo‘limlari tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “CH.K.” va “A.E.” fermer xo‘jaliklari hamda “V.G.” MCHJ mas’ul shaxslari un tegirmoni, suv nasosi va ishlab chiqarish sexini umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga ulab, jami 333 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!