Elabugada dron zarbasidan jabrlanganlarning barchasi talabalar

Elabugada dron zarbasidan jabrlanganlarning barchasi talabalar

Dronlar ishlab chiqariladigan zavod yotoqxonasiga berilgan zarba natijasida jabrlanganlarning barchasi talabalardir, deb yozadi 116.Ru. Ulardan ikki nafari 17 yoshda.

2023 yil yozida “Protokol” nashri va “RZVRT” yutub-kanali qo‘shma tekshiruv o‘tkazdi, unda mahalliy “Alabuga Politex” kollejining 15 va undan katta yoshdagi talabalari “Shaxedlar”ni yig‘ishga ommaviy ravishda jalb qilingani aytilgandi. Ishlashdan bosh tortgan talabalarni o‘qishdan chetlatish bilan qo‘rqitgandi.

Ish uchun talabalar oyiga 30-40 ming maosh oladi. Shu bilan birga, ular kechayu-kunduz ba’zida dam olish va ovqatlanish uchun tanaffuslarsiz ishlashlari kerak. Bundan tashqari, ishlab chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni talabalarga oshkor qilish mumkin emas – bunday band ularning o‘quv shartnomasida ko‘rsatilgan. Uni buzganlik uchun talaba kollejga 1,5-2 million rubl miqdorida jarima to‘lashi mumkin. 2023 yil boshida ikki nafar kollej talabasi o‘z joniga qasd qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!