«El-Klasiko» vaqti e’lon qilindi

«El-Klasiko» vaqti e’lon qilindi

La Liga joriy mavsumdagi dastlabki «El-Klasiko» sanasi va vaqtini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, «Real» va «Barselona» o‘rtasida La Liga doirasidagi dastlabki uchrashuv 16 oktyabr, yakshanba kuni o‘tkaziladi. 9-tur doirasidagi bu bahs «Santyago Bernabeu»da soat 19:15da (mahalliy vaqt bilan 16:15) boshlanadi.

Ma’lumot uchun, 6-turdan keyin «Real» 18 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda, «Barsa» esa 16 ochko bilan 2-o‘rindan joy olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!