Ekvadordagi zilzila oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi

Ekvadorda 6,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deya xabar beradi Anadoly.
Zilzila episentri Balao shahridan 6 kilometr shimoli-sharqda joylashgan. O‘chog‘i 65,7 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.
Zilziladan jarohatlanganlar soni 500 nafarga yaqinlashgan.
Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonda kecha kechqurun kuchli zilzila sodir bo‘lgan edi. Zilzilalar 5 ta davlatda, jumladan, Qozog‘istonning 5 ta viloyatida qayd etilgan. Natijada Afg‘onistonda 11 kishi, Pokistonda esa kamida 9 kishi halok bo‘ldi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)