Eksport uchun yangi istiqbolli bozorlarda savdo uylarini ochish zarur

Eksport uchun yangi istiqbolli bozorlarda savdo uylarini ochish zarur

Prezident raisligida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmoqlarida investisiyalar va eksportni ko‘paytirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda eksportni an’anaviy bozorlardan yuqori narxda mahsulot sotib oluvchi davlatlarga yo‘naltirish zarurligi ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari bu fikrni qo‘llab-quvvatlab, bunday bozorlar bilan ishlashni kuchaytirish muhimligini qayd etdi. Jumladan, Yaponiyada savdo uyini akkreditasiya qilish va ijara to‘lovining kompensasiya masalasini hal qilish topshirildi. Germaniya, Vengriya, Polsha, Ispaniya, AQSh va Qozog‘istondagi savdo uylari ham tadbirkorlar boshqaruviga beriladi.

Bundan tashqari, eksport uchun yangi istiqbolli bozorlar bo‘lgan Mersin (Turkiya), Rotterdam (Niderland), Sindao (Xitoy), Klaypeda (Litva), Doha (Qatar) kabi yirik port shaharlarda savdo uylarini ochish zarurligi qayd etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!