Ekologlarni haqoratlagan bloger jazolandi

Ekologlarni haqoratlagan bloger jazolandi

Bloger Q.Safarov ijtimoiy tarmoqlarga"Ekologiya poraxo‘r, Uprodik ham hokimiyat ham poraxo‘r" sarlavhasi ostida video joylashtirgan edi.

Bu video murojaatdan keyin Hazorasp tumani ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan IIB Hazorasp tuman bo‘limiga ariza bilan murojaat qilindi va IIB tomonidan O‘zbeksiton Respublikasi Jinoyat Kodeksiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan Jinoiy ishlar bo‘yicha Xorazm viloyati sud xukmi o‘qildi.

Bloger Q.Safarovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 140-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilib unga nisbatan 1 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!