“Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasi muhokama qilindi

“Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi O‘zbekiston  Respublikasi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasi muhokama qilindi

Davlat ekologik ekspertizasi markazi tomonidan Axborot va ommaviy kommunikasiyalar binosida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlandi.

Tadbirning asosiy maqsadi – amaldagi qonunchilikdagi kamchiliklar, yangi qonun loyihasini qabul qilishdan fuqaro va tadbirkorlik sub’ektlari uchun bo‘ladigan ijobiy natijalar bo‘yicha Ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka yetkazish.

Anjumanda nutq so‘zlagan davlat ekologik ekspertizasi markazi Bosh direktori G‘ayratjon Muxamedov qonunchilikka kiritilayotgan yangiliklar va ularning ahamiyatiga to‘xtaldi.

“Yangi tahrirdagi qonun ob’ektlarning atrof-muhitga salbiy ta’sirini baholashning barcha jabhalarini qamrab oladi. Qolaversa, ekologik ekspertiza xulosalari sifati oshadi, jamoatchilikning faol ishtiroki ta’minlanadi, — dedi G‘ayratjon Muhamedov. — Bundan tashqari, Respublikaga sarmoya kiritmoqchi bo‘lgan investorlar uchun ishonchli ekologik baholash tizimi, davlat dasturlari, Bosh rejalar va yo‘l xaritalarining Strategik ekologik baholash tartiblari, loyiha tashkilotlarining reyting tizimi va atrof-muhitga ta’sirni baholash bo‘yicha yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etiladi”.

Ma’lumot uchun, amaldagi Qonun nomi «Ekologik ekspertiza to‘g‘risida» bo‘lib, yangi tahrirdagi Qonun loyihasi Ekologik baholashning barcha jabhalarini qamrab olishi sababli «Davlat ekologik ekspertizasi va atrof-muhitga ta’sirni baholash to‘g‘risida» etib nomlandi. Shuningdek, ekologik ekspertiza xulosalarini berishda jamoatchilik fikrini inobatga olish majburiyatlari kiritildi (Orxus konvensiyasi talablari asosida).

Bundan tashqari, atrof-muhitga ta’sirni baholash va Strategik ekologik baholash mezonlari kiritildi (Espo konvensiyasi va Strategik ekologik baholash bayonnomasi talablari asosida). Shu bilan birga, amaldagi 4 ta xavflilik toifalari xalqaro talablarga muvofiq 3 taga o‘tkazildi. Qonunosti hujjatlari Vazirlar Mahkamasining 541-son va 14-son qarorlari o‘rniga to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlaydigan Qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Shuningdek, matbuot anjumanida amaldagi «Ekologik ekspertiza to‘g‘risida»gi Qonunga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilishi, jumladan, jamoatchilik ishtiroki, Orxus va Espo konvensiyalari hamda Strategik ekologik baholash talablari kiritilishi bo‘yicha ma’lumotlar berilib, fikr-mulohaza muhokama o‘tkazildi.

“Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi O‘zbekiston  Respublikasi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasi muhokama qilindi

“Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi O‘zbekiston  Respublikasi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasi muhokama qilindi

Yakunda ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!