EI TikTokni 368 mln dollar jarimaga tortdi

EI TikTokni 368 mln dollar jarimaga tortdi

Evropa Ittifoqi TikTok kompaniyasini Yevropa qoidalariga muvofiq bolalar shaxsiy hayotini himoya qilmagani uchun 368 million dollar jarimaga tortdi, deb xabar beradi Kazinform agentligi Euronews saytiga tayanib.

Juma kuni Yevropa Ittifoqi TikTok ijtimoiy tarmog‘ini voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan ishlashda Bryusselning ma’lumotlarni himoya qilish qoidalarini (GDPR) buzgani uchun 345 million yevro (368 million dollar) miqdorida jarimaga tortdi.

Bosh qarorgohi Dublinda joylashgan va Yevropa Ittifoqi nomidan ish yurituvchi Irlandiya ma’lumotlarini himoya qilish komissiyasi ijtimoiy media gigantiga uch oy ichida talablarga rioya qilishni buyurdi.

Jarima 2020 yilning iyul-dekabr oylari orasida sodir bo‘lgan qoidabuzarliklar bo‘yicha ikki yillik tekshiruvdan so‘ng to‘lanadi.

Ilova yoshlar orasida juda mashhur bo‘lib, Irlandiya rasmiylari o‘z qarorida bolalarning akkauntlari barchaga ochiq bo‘ladigan tarzda ro‘yxatdan o‘tkazilgan degan xulosaga kelishdi.

TikTok voyaga yetmaganlarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilmagani uchun birinchi marta jazolanayotgani yo‘q. Ijtimoiy tarmoq AQSh tomonidan 2019 yilda taxminan 5 million dollar, Gollandiyada esa 2021 yilda 750 ming yevro miqdorida jarimaga tortilgan. O‘tgan aprel oyida Buyuk Britaniya shunga o‘xshash qonunbuzarliklar uchun taxminan 15 million yevro jarimaga tortgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!