EI Eronning uchuvchisiz samolyot ishlab chiqaruvchisiga qarshi sanksiyalar kiritdi

Evropa Ittifoqi Eron Davlat korporasiyasi Iran Aircraft Manufacturing Industries Corporation (HESA)ni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. U harbiy va fuqarolik samolyotlarini, shuningdek, Rossiya sotib olgan uchuvchisiz samolyotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bu haqda Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnali xabar bermoqda.
"HESA Ukrainaning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligiga putur yetkazadigan yoki tahdid soladigan harakatlarni moddiy qo‘lla-quvvatlaganlik uchun javobgardir", — deyiladi xabarda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)