DXX Qirg‘izistondan Namanganga olib o‘tilgan narkotik moddalarni fosh qildi

DXX Qirg‘izistondan Namanganga olib o‘tilgan narkotik moddalarni fosh qildi

Davlat xavfsizlik xizmati Namanganda narkotik moddalar noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi.

🚙 Toshkent - Namangan yo‘nalishida harakatlanayotgan "Cobalt" mashinasi Pop tumanida tekshirilganida, uning yukxonasida 1 kg 874 gr. "opiy" moddasi borligi va u mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaroga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi.

DXX Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat IIB hamda bojxona boshqarmasi tomonidan olib borilgan tezkor tadbirda aniqlanishicha, ushbu modda Toshkent viloyati Bekobod tumaniga Tojikistondan uchinchi shaxslar orqali o‘tkazilgan.

🚗 Shuningdek, Namangan Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan "Lacetti" avtomobili ham Pop tumanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, 901 gr. "opiy" moddasi borligi va u mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan shaxsga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi.

Aniqlanishicha, ushbu narkotik modda Namangan viloyatiga uchinchi shaxslar orqali Qirg‘izistondan o‘tkazilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!