DXX giyohvandlikka qarshi reyd tadbirlarini o‘tkazdi

DXX giyohvandlikka qarshi reyd tadbirlarini o‘tkazdi

Giyohvand moddalar iste’moli va noqonuniy savdosi jamiyatga va insoniyatga katta xavf tug‘dirib kelgan. Ushbu zahri qotilning mamlakatimiz hududiga kirib kelishi va tarqalishiga qarshi kurashish borasida respublika huquq-tartibot idoralari tomonidan keskin chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Jumladan, DXX CHQ harbiy xizmatchilari tomonidan Toshkent viloyati Bekobod shahri Sayxun MFY hududidan o‘tuvchi «o‘zbek-tojik» davlat chegarasidan mamlakatimizga olib kirish uchun Tojikiston tomonidan uloqtirilgan 892,5 g «gashish» giyohvandlik moddasi topildi. Hozirda, mazkur giyohvand moddaning kimga tegishli ekanligini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

DXX Xorazm viloyati boshqarmasi viloyat huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda Tuproqqal’a tumani «Sarimoy» YPX maskanida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida «Samarqand-Urganch» yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan 1978 y.t. S.S. boshqaruvidagi «Malibu» rusumli avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, avtomashinaning tepa oyna qismida 3 dona sellofan paketlarda alohida skotch bilan o‘ralgan jami 336 g «opiy» giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

S.S. ushbu og‘uni Samarqand viloyatida «Alisher» ismli shaxsdan kelgusida sotish maqsadida 2.300 AQSh dollari hamda 35.500.000 so‘mga sotib olganligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, «Toshkent-Urganch» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan «Isuzu» rusumli yuk avtomashinasi ham «Sarimoy» YPX maskanida to‘xtatilib tekshirildi. Natijada, avtomobilda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, 1972 y.t. R.YO. yonidan 185,49 g «opiy» giyohvandlik vositasi topildi.

Ma’lum bo‘lishicha R.YO. tanishi «Qudrat» ismli shaxs bilan o‘zaro til biriktirib, «Madiyor» ismli shaxsdan taxminan 600 g «opiy» giyohvandlik vositasini 6.800 AQSh dollariga sotib olgan. Undan taxminan 400 g Qudratda qoldirib, qolgan qismini sotish maqsadida Xorazmga olib ketayotgan bo‘lgan.

«Sarimoy» YPX maskanida aniqlangan yana bir holat. «Toshkent-Urganch» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan, 1973 y.t. YU.X. boshqaruvidagi «Nyundai» rusumli avtomashina ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasidagi noutbuk joylangan sumka ichidan 133,35 g «opiy» giyohvandlik vositasi xolislar ishtirokida prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

YU.X. Toshkent shaxridagi «Farxod» dexqon bozori hududida tanishi «Abduvali» ismli shaxsdan 150 g «opiy» giyohvandlik vositasini jami 19.500.000 so‘m evaziga sotib olganligini hamda oz miqdorini o‘zi iste’mol qilib, qolgan qismini Xorazm viloyatida sotish maqsadida olib ketayotganligini ma’lum qildi.

Yana bir holat. DXX Buxoro viloyati boshqarmasi hamda viloyat Bojxona boshkarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida 1980 y. Andijon viloyatida tug‘ilgan, A.F. Toshkent shahridan Buxoro shahrida joylashgan temirchilik sexlaridan biriga kelgan vaqtida, unga tegishli bo‘lgan charm sumka ko‘zdan kechirilganda, uning ichida 173,15 g «gashish» giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Bundan tashqari olingan tezkor ma’lumotlar asosida, F.A. Toshkent shahrida vaqtincha yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, unga tegishli bo‘lgan kurtka cho‘ntagida ham 220 g «gashish» giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Keyingi holat poytaxtimizda qayd etildi. DXX va shahar Bojxona boshkarmasi xodimlari tomonodan 1980 y.t. R.S. Chilonzor tumanida 1974 y.t. I.SH.ga 100 g «gashish» giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Shuningdek, ularda mavjud bulgan 1.550 AKSh dollari va 2 mln. so‘m ham ashyoviy dalil sifatida olib ko‘yildi.

S.R. Chilonzor tumanidagi yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, u yerda 1976 y.t. I.O. hamda 1987 y.t. R.A. tegishli bo‘lgan 195 g «gashish» moddasi topildi.

Xozirda aniqlangan barcha holatlar yuzasidan JK tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmokda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!