«Do‘zaxga xush kelibsiz»: Isroil qamoqxonalari «qiynoq lagerlari»ga aylandi

«Do‘zaxga xush kelibsiz»: Isroil qamoqxonalari «qiynoq lagerlari»ga aylandi

Isroil qamoqxonalari falastinliklar jismoniy va jinsiy zo‘ravonlik, ochlik va uyqusizlik kabi shafqatsiz qiynoqlarga duchor bo‘lgan «qiynoqqa solinadigan lagerlar»ga aylandi.

Bu Isroil tomonidan bosib olingan va anneksiya qilingan hududlarda inson huquqlarining buzilishi hamda Isroildagi shunga o‘xshash huquqbuzarliklar haqida ma’lumot to‘playdigan Isroilning B'Tselem notijorat tashkiloti veb-saytida e’lon qilingan hisobotda aytiladi.

«Do‘zaxga xush kelibsiz: Isroil qamoqxonalari qiynoqlar lagerlari tarmog‘iga aylandi» deb nomlangan hisobot bir necha tillarda chop etilgan.

Tadqiqot davomida B'Tselem Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan 55 nafar falastinlikdan guvohlik to‘pladi. Ulardan 30 nafari G‘arbiy Sohil, jumladan Sharqiy Quddus aholisi, 21 nafari G‘azo sektori va to‘rt nafari asli arab bo‘lgan Isroil fuqarolari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!