Durovning hibsga olinishi tufayli G‘arb videoxostingi Fransiyadagi faoliyatini to‘xtatdi

Durovning hibsga olinishi tufayli G‘arb videoxostingi Fransiyadagi faoliyatini to‘xtatdi

Kanadaning Rumble videoxosting xizmati Fransiyada so‘z erkinligi yo‘qligi sababli o‘z faoliyatini to‘xtatmoqda. Bu haqda servis asoschisi Kris Pavlovski X tarmog‘idagi sahifasida Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Telegram asoschisi Pavel Durovning hibsga olingani haqidagi so‘zlariga izoh berar ekan, ma’lum qildi.

«Makron so‘z erkinligiga sodiqman desa, yolg‘on gapiradi», deb yozgan Pavlovski.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Fransiyada videoxosting endi ishlamaydi, chunki mamlakatda so‘z erkinligi bo‘yicha hech qanday majburiyat yo‘q. Pavlovski Telegram asoschisi hibsga olinishi tufayli YEIni tark etganini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!