Dunyoning eng boy milliarderlari: o‘zbeklar nechanchi o‘rinda?

Dunyoning eng boy milliarderlari: o‘zbeklar nechanchi o‘rinda?

Bloomberg 2 aprelda dunyoning eng boy 500 nafar milliarderini aniqladi. Bunda 4 mlrd dollar va undan yuqori mablag‘i bo‘lganlar hisobga olinadi. Ro‘yxatda o‘zbekistonliklar ham bor.

Namanganda tug‘ilgan va ayni damda Rossiyada yashayotgan 70-o‘rinda qayd etildi. Uning boyligi $16,3 milliardga teng. Usmonovning boyligi bir yilda 2 mlrd dollarga ortgan. O‘tgan oyda Usmonov 15,5 mlrd dollar bilan 68-o‘rinda qayd etilgandi.

Buxoroda 1963 yilda tug‘ilgan, ayni damda Ural tog‘-metallurgiya kompaniyasi egasi bo‘lgan Iskander Mahmudov esa 4,8 mlrd dollar bilan 385-o‘rinni egalladi.

Birinchi o‘rin Amazon xo‘jayini Jeff Bezosga nasib qildi (150 mlrd dollar). Uning boyligi yiliga 24 mlrd dollarga ortgan.

Microsoft egasi Bill Geyts esa ikkinchi o‘rinda. Uning boyligi 101 milliard dollarga teng. Uchinchi o‘rinni Louis Vuitton Moet Hennessy xo‘jayini, fransuz Bernar Arno 89 milliard dollar bilan yakunlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!