Dunyoga yangi bedavo pandemiya — Nipah xavf solmoqda. Virus qanday yuqadi?
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, dunyoga Nipah yoki NiV virusi sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan pandemiya xavf solmoqda. Bu haqda "Izvestiya" xabar tarqatdi.
Virus birinchi marta 1999 yilda Malayziyaning Nipah daryosida yashovchi dehqonlar orasida aniqlangan, virusga daryoning nomi berilgan. O‘shandan beri Janubiy Osiyoda yana 12 ta kasallik tarqaldi.
NiV o‘lim darajasi 40–75 %, virus juda tez tarqaladi. Kasallik simptomsiz bo‘lishi yoki o‘limga olib kelishi mumkin. Kasallikning davosi hali topilmagan.
Virusning tabiiy tashuvchisi – bu janubiy Xitoy, Janubi-Sharqiy Osiyo, Yangi Gvineya va Avstraliyada keng tarqalgan uchar qushlardir. Virus Afrikada yashovchi qushlarda ham aniqlangan. Shunisi qiziqki, qushlarning o‘zi kasal bo‘lmaydi.
NiVning oldini olish uchun JSST qushlarning xurmo va boshqa yangi oziq-ovqat mahsulotlariga tegishiga yo‘l qo‘ymaslikni tavsiya qilmoqda. Yangi yig‘ilgan xurmo sharbatini qaynatib, iste’mol qilishdan oldin mevalarni yuvish va tozalash kerak.
Virusning odamdan odamga yuqish xavfini kamaytirish nuqtai nazaridan JSST NiV bilan kasallangan odamlar bilan aloqa qilishdan, qo‘llarni muntazam yuvishdan va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishni tavsiya qiladi.