Dunyodagi eng kichik oltin tanga Shveysariyada zarb etildi

Dunyodagi eng kichik oltin tanga Shveysariyada zarb etildi

Shveysariyada Albert Eynshteynning tilini chiqarib turgan mashhur surati tasviri tushirilgan dunyodagi eng kichik oltin tanga zarb etildi.

Tanganing og‘irligi 60 milligrammdan sal ortiq, diametri esa uch millimetrga yaqin. Uning qiymati chorak shveysar frankiga teng. Tangadagi suratni oddiy ko‘z bilan ko‘rishning iloji yo‘q, shuning uchun kattalashtiruvchi oyna va yorituvchi uskunani o‘z ichiga olgan alohida jamlanma ham ishlab chiqarildi: ular tangani batafsil ko‘zdan kechirish imkonini beradi.

Qayd etilishicha, bu tangani chiqarishga umrining uchdan bir qismini Shveysariyada o‘tkazgan Eynshteynning o‘zi ilhomlantirgan.

Eynshteyn tasviri tushirilgan tanga shveysariyalik tennischi Rojer Federer va quyon tasvirlangan yana ikkita tanga bilan teng chiqarildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!