Dunyo terrorizmga qarshi kurashda Tolibonni qo‘llab-quvvatlashi kerak

Dunyo terrorizmga qarshi kurashda Tolibonni qo‘llab-quvvatlashi kerak

Bu haqda Feysal bin Farxan al-Saud BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi. Afg‘onistonning terrorchilik faoliyati markaziga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik, buning o‘rniga u yerga farovonlik va barqarorlik olib kelish kerak, dedi u.

Ushbu tezislarni uning xitoylik hamkasbi Van I qo‘llab-quvvatlab, iqtisodiy o‘sish va turmush darajasini oshirishni ustuvor vazifa sifatida ko‘rib chiqishga chaqirdi. Uning fikricha, Tolibon inklyuziv hukumat yaratishi va radikalizmdan voz kechishi, G‘arb davlatlari esa bir tomonlama sanksiyalarni bekor qilishi kerak.

Afg‘onistonda terrorizm muammosiga yetarlicha e’tibor berilmayotganini Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramaniam Jayshankar ham ta’kidlab, BMTni ushbu muammoga faolroq javob berishga chaqirdi. Hindiston afg‘on kelishuvi doirasida inklyuzivlik va konsensus tamoyillarini qo‘llab-quvvatlaydi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!