Dunyo bo‘ylab odamlar Xitoydan jo‘natilgan g‘alati urug‘lar bilan to‘la qoplar olishdi

Dunyo bo‘ylab odamlar Xitoydan jo‘natilgan g‘alati urug‘lar bilan to‘la qoplar olishdi

Amerika Qo‘shma Shtatlari, Kanada, shuningdek, Yangi Zelandiya va Buyuk Britaniyada bir necha yuz kishi ichida noma’lum urug‘lar bo‘lgan bilan bir necha jo‘natmalar olishdi. G‘alati tomoni, ularning hech biri bunday jo‘natmaga buyurtma berishmagan.

The Guardian xabariga ko‘ra, hukumatlar bu Internetdagi firibgarlik deb hisoblashmoqda.

Yana bir taxminga qaraganda, bu ish bojxona tekshiruvidan xavfsiz o‘tish uchun qilingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Florida shtatida 630 dan ortiq, Buyuk Britaniyada 100 ga yaqin kishi, Yangi Zelandiyada esa bir ayol Zambiyadan jo‘natilgan shunday urug‘lar olgan.

AQSh qishloq xo‘jaligi vazirligi fuqarolardan bu sirli urug‘larni ekmasliklarini so‘ragan va tergov boshlagan.

Vaziyatga munosabat bildirgan Xitoy Tashqi ishlar vazirligi paketlarga yopishtirilgan stikerlar soxta ekanligini ta’kidlagan va dalillarni tergov uchun topshirishni so‘ragan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!