Dublyaj ustasi, aktyor Hoshim Arslonov 64 yoshida olamdan o‘tdi

Dublyaj ustasi, aktyor Hoshim Arslonov 64 yoshida olamdan o‘tdi

Bugun, 29 may kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, dublyaj ustasi, taniqli aktyor Hoshim Arslonov 64 yoshida olamdan o‘tdi.

Bu haqida O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasining rasmiy feysbuk sahifasida ma’lum qilindi.

Hoshim Arslonov ko‘plab filmlar, seriallar, spektakllarda rollar ijro etgan.

Qolaversa, uning o‘zbek dublyaj san’atidagi o‘rni beqiyos edi.  

Aniq.uz tahririyati marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.

Manba: human.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!